Investorlar uchun

O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha ishlaydigan AI yuridik yordamchi

Mahsulot qurilgan va ishlaydi. Birlik iqtisodiyoti o'lchangan. Endi tarqatish va to'lov bosqichi.

Bugungi holat

Nima qurilgan

Quyidagilarning hammasi ishlab turibdi va legalio.uz da tekshirib ko'rish mumkin — ro'yxatdan o'tmasdan savol bering.

397
qonun va kodeks vektor bazada
5 607 ta qidiruv bo'lagi
4
til: o'zbek (lotin/kirill), rus, ingliz
AI javob tili ham tanlanadi
6
AI-agent: risk, muvofiqlik, mehnat, soliq, sud, tadqiqot
har biri o'z prompti bilan
2
kanal: web platforma va Telegram bot
bitta baza, bitta AI
@legalio_bot

Ochiq gap

Nima hali yo'q

Due diligence bosqichida baribir ochiladigan narsalarni oldindan aytamiz.

  • To'lov tizimi (Payme/Click) hali ulanmagan — daromad nolga teng.
  • Telegram botda 64 ta ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi, oxirgi oyda 3 tasi faol.
  • Web platformada haqiqiy mijoz yo'q: mahsulot qurildi, tarqatish boshlanmadi.
  • Bozor hajmi bo'yicha mustaqil manbaga tayangan tadqiqot qilinmagan.

Muammo

Yuridik yordam qimmat va sekin

O'zbekistonda kichik biznes va jismoniy shaxs har kuni huquqiy qaror qabul qiladi — shartnoma imzolaydi, xodim oladi, muddat kuzatadi. Doimiy yurist saqlash ularning ko'pchiligiga qimmat, bir martalik maslahat esa sekin va bir tekis emas.

Yurist yollash

Oylik ish haqi va ish joyi — kichik biznes uchun asosli emas.

Bir martalik maslahat

Uchrashuv kutiladi, narx oldindan noma'lum, javob yozma emas.

O'zi qidirish

lex.uz da matn bor, lekin qaysi modda o'z holatiga tegishlisini bilish qiyin.

Iqtisodiyot

Tannarx o'lchangan, taxmin qilinmagan

Har AI chaqiruvining token sarfi bazaga yoziladi (ai_usage jadvali). O'lchangan qiymat: bitta birlik ≈ $0.0097. Quyidagi jadval — foydalanuvchi limitini TO'LIQ ishlatgan holat, ya'ni eng yomon stsenariy.

Tariflar bo'yicha birlik iqtisodiyoti
TarifNarx / oyOylik limitAI tannarxiYalpi marja
Shaxsiy49 00015018 40062%
Biznes Yakka149 00045055 10063%
Biznes Jamoa390 0001 200146 90062%
Firma690 0002 000244 80065%

Hisob 1 USD ≈ 12 600 so'm kursida. Amalda foydalanuvchi limitning 20–30% ini ishlatadi, ya'ni haqiqiy marja yuqoriroq. 12 oylik 25% chegirmada ham marja musbat qoladi — chegirma darajasi aynan shu hisobdan chiqarilgan. Tannarx model narxiga bog'liq: RAG kontekstini qisqartirish orqali u bir marta 48% ga tushirilgan.

Bozor

Hisob global TAM dan emas, o'z narximizdan boshlanadi

Global LegalTech hajmi O'zbekistondagi mahsulot uchun hech narsani anglatmaydi. Shuning uchun quyida oddiy arifmetika — nechta to'lovchi mijoz qanday oylik daromad beradi.

500
Biznes Yakka mijoz
74,5 mln so'm / oy
2 000
Biznes Yakka mijoz
298 mln so'm / oy
100
Yuridik firma
69 mln so'm / oy

Bu prognoz emas, kalkulyator: joriy narxlar × mijozlar soni. Nechta mijoz yig'ish mumkinligi hali sinovdan o'tmagan — bu birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo'lgan savol.

Raqobat

O'zbekiston bozorida boshqa yechimlar ham bor

Quyida faqat ochiq kuzatiladigan farqlar — kanal va funksiya doirasi. Raqobatchilar sifati haqida baho berilmaydi.

YechimKanalQonun bazasiHujjat tahliliFirma ish maydoni
Tuzuk.aiWebboryo'qyo'q
Wakil.aiWebboryo'qyo'q
LexoraiOSboryo'qyo'q
LegalioWeb + Telegramborborbor

Jamoa

Asoschi

D

Dilshod Xoshimov

Asoschi, texnik rahbar

Adliya sohasidagi tajriba, telekommunikatsiya muvofiqligi, legaltech. Legalio ni noldan qurdi: Telegram bot, FastAPI backend, vektor qidiruv bazasi va web platforma — barchasi bitta odam tomonidan.

Taklif

Seed bosqichi

Mablag' ikki narsaga ketadi: to'lov tizimini ulash va birinchi to'lovchi mijozlarni yig'ish. Batafsil taqdimot va moliyaviy model uchun bog'laning.